«Real»ning sobiq direktori: Hozir Pike qilayotgan ishni qilmaganim uchun meni haydashgan 

Ispaniya 11 Yanvar 2017 2635

«Real»ning sobiq bosh direktori Xorxe Valdano o'zining nima uchun «Qirollik klubi»dan ketgani haqida yana bir bor gapirib o'tdi.

U «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo'lib kelgan kezlarda iste'foga chiqarilgandi. Valdano o'sha vaqtda u bilan ziddiyatga borgan va ispan nashrlari uning iste'fosini shu ziddiyat bilan bog'lagandi. Valdano yesa uni hozir Xerard Pike «Barselona»da bajarayotgan vazifani, ya'ni, hakamlarni tanqid qilish bilan shug'ullanmagani uchun ham haydashganini aytib o'tdi. 

«Real»da men Pikening rolini bajarishdan bosh tortgandim va meni jazolashgandi. Bu shunday tasavvur uyg'otadiki, agar sen hakamlarni tanqid qilmasang, vatan xoinisan. «Barselona»ning ishlari joyida bo'lgan vaqtda ular hakamlarning ishiga aralashishmasdi. Hozir «Real»ning ishlari joyida va ular ham hakamlarga ye'tibor qaratishmayapti», — deya Valdanoning so'zlarini keltirgan BeiN Sports.

Pike oxirgi vaqtlarda «Barselona» o'yinlarini boshqarayotgan hakamlarni tanqid qilmoqda.

Video: Pike «Vilyarreal»ga qarshi o'yindan keyin tribunada La Liga prezidentini ko'rib qoldi va...

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: