«Real» «Sevilya»ga qarshi tarkibni ye'lon qildi: Ronalduga yana dam berilgan

Ispaniya 11 Yanvar 2017 2110

Krishtianu Ronaldu «Real»ning Ispaniya kubogining nimchorak finalida «Sevilya»ga qarshi 13 yanvar kuni bo'lib o'tadigan javob o'yinida ishtirok yetmaydi.

Jamoa bosh murabbiyi Zaynidin Zidan shu kuni maydonga tushishi mumkin bo'lgan 19 futbolchi ro'yxatini ye'lon qilgan.

Ronaldu bir hafta ilgari o'tkazilgan birinchi uchrashuvni ham o'tkazib yuborgandi. O'shanda Zidan futbolchiga dam berishga qaror qilganini aytgandi.

Tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: Navas, Kasilya, Yanes.

Himoyachilar: Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Koentrao, Danilo.

Yarimhimoyachilar: Kroos, Kazemiro, Kovachich, Asensio, Yentso.

Hujumchilar: Morata, Benzema, Vaskes, Mariano.

Jarohatlanganlar: Beyl, Pepe

Tarkibga kiritilmaganlar: Ronaldu, Xames, Isko, Modrich.

Eslatib o'tamiz, dastlabki o'yinda «Real» 3:0 hisobida g'alaba qozongan yedi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: