«Real» yana bir qimmatbaho transferni amalga oshirishga tayyor

Ispaniya 11 Yanvar 2017 5471

Madridning «Real» klubi Turinning «Yuventus» klubidan argentinalik yosh hujumchi Paulo Dibalani sotib olish uchun 105 million yevro sarflashga tayyor. Bu haqda sport.es nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, madridliklar bu hujumchiga 10 million yevro miqdorida yillik maosh to'lamoqchi.

Qayd yetilishicha, Dibalaning transferi amalga oshirilishi uchun jamoa Alvaro Morata bilan xayrlashishi mumkin.

Bundan oldingi xabarlarda Madrid jamoasi «Yuventus»ga Dibala uchun Moratani va 77 million funt taklif qilayotgani aytilgandi.

Dibalaning o'zi ham «Yuventus» bilan 2020 yilgacha mo'ljallangan shartnomasini uzaytirmagan, «Real»ga o'tish uchun «Barselona»dan tushgan taklifni rad qilgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: