Pepe «Real»dan ketadi. Unga juda yaxshi takliflar berilmoqda

Ispaniya 11 Yanvar 2017 2407

«Real» himoyachisi Pepeni qo'yib yuborishga tayyor. Ushbu futbolchining shartnomasi shu yilning yoziga qadar tuzilgan va bu shartnoma muddatini uzaytirish bo'yicha kelishuvga yerishilmagan. 

AS nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi yana 2 yillik shartnoma imzolanishini istagandi, ammo Madridda unga 1 yillik hamkorlik taklif qilindi.

Endilikda, futbolchi jamoani yozda yerkin agent sifatida tark yetmasligi uchun yanvar oyidayoq boshqa jamoaga o'tishi mumkin. 

Avvalroq Pepega Xitoyning «Guanchjou Yevergrand» va «Shanxay SIPG» klublaridan takliflar borligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Pepe hozirda Madrid jamoasida 5,5 million yevro miqdorida yillik maosh oladi, Xitoyda yesa uning maoshi ikki baravar ko'p bo'lishi mumkin.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: