Messi va Ronaldu bo'lmaganda: Oxirgi 9 yilda «Oltin to'p» olishi mumkin bo'lgan yana 7 futbolchi

Futbol PLUS 11 Yanvar 2017 7419

Ronaldu va Messi bo'lmasa “Oltin to'p” kimga berilgan bo'lardi? 

Torres, Inesta, Noyer, Riberi – ularning barchasi futbolda shaxsiy sovrinsiz qolishdi. Bunga yesa faqatgina bitta sabab bor: ular Ronaldu va Messi bilan bir vaqtda to'p surishdi.

2008, Fernando Torres («Liverpul»)

Krishtianu Ronaldu 9 yil avval “Oltin to'p” uchun ovoz berishda rekord o'rnatdi: portugaliyalikni tarixda ilk bor ovoz berishda qatnashganlarning barchasi kuchli uchlikka kiritdi. Ronaldu “MYu”da fantastik mavsum o'tkazdi va yeng yaxshi o'yinchi sovrinini haqli ravishda qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Messiga nasib yetgan bo'lsa, uchinchi pog'onadan “Liverpul” hujumchisi Fernando Torres joy oldi. Ispaniyalik Angliya premer-ligasida 24 ta to'p kiritib, qizillarning mavsumdagi yeng yaxshi to'purariga aylandi. Bundan tashqari, Torres Yevro-2008da ham ajoyib o'yin ko'rsatib, nemislar darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi. Torresning iste'dodi bir yil o'tib asta-sekinlik bilan so'na boshladi.

2009, Xavi («Barselona»)

“Barsa” 2009 yilda treblni, tarkibdagi yeng yaxshi o'yinchi va to'purar Lionel Messi yesa “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi. Kataloniya klubi “bosh miyasi” Xavi o'sha mavsumda Primera va Chempionlar ligasida 27ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messi bunday ajoyib futbolchining to'p uzatishlari bo'lmaganda 38ta to'p kirita olarmidi? Albatta yo'q.

2010, Andres Inesta («Barselona»)

“Barselona” bir yil o'tib Primera uchun rekord bo'lgan 99 ochkoni qo'lga kiritdi, Inesta yesa bosh qahramonlardan biriga aylandi. U JARda o'tgan Jahon chempionati finalidagi yagona to'pga ham mualliflik qildi. Biroq “Oltin to'p” yana Messiga berildi, uning kataloniyalik jamoadoshlari yesa yana soyada qolib ketishdi. O'shanda Uesli Sneyder sovrinni qo'lga kiritish uchun yeng yaqqol nomzod yedi. U Mourinyu boshqaruvidagi “Inter”ning Chempionlar ligasi bahslaridagi yeng yaxshi o'yinchisiga aylandi. Biroq gollandiyalik atigi to'rtinchi o'rinni yegalladi, keyingi mavsumdan boshlab yesa uning o'yin darajasi asta-sekin pasayib bordi.

2011, yana Xavi («Barselona»)

Xavi 2011 yilda “Barselona” uchun 550-uchrashuvini o'tkazdi va Migelni Kataloniya klubi tarkibida maydonga yeng ko'p tushgan futbolchilar ro'yxatida ortda qoldirdi. Biroq ispaniyalik yana Messi va Ronalduning soyasida qolib ketdi va haqqoniy sovrinidan mahrum bo'ldi.

2012, yana Inesta («Barselona»)

Vaziyat yana qaytarildi. Yevropaning UEFAga ko'ra yeng yaxshi o'yinchisi, Yevro-2012 va Chempionlar ligasi - 2011/12 “Oltin to'p”siz. Messida yesa bu sovrin to'rtinchisiga aylandi.

2013, Frank Riberi («Bavariya»)

Yupp Xayneksning supermashinasida aynan Frank Riberi asosiy murvat yedi. U Chempionlar ligasi va UEFA talqiniga ko'ra yeng yaxshi o'yinchiga aylandi. Biroq FIFA “Oltin to'p”ni Ronalduga berib yubordi.

2014, Manuel Noyer («Bavariya»)

Noyer Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida g'alaba qozondi va Lev Yashindan so'ng “Oltin to'p”ni qo'lga kiritgan tarixdagi ikkinchi darvozabon bo'lishi mumkin yedi. Biroq u xuddi vatandoshi Oliver Kan kabi (u ham o'z paytida Ouen, Raul, Ronaldo va Roberto Karlosga imkoniyatni boy bergandi), Ronaldu va Messidan so'ng uchinchi o'rinni yegalladi.

2015, Neymar («Barselona»)

MSN (Messi, Suares, Neymar) Yevropada 2014 yildayoq yeng yaxshi bo'lgandi, Neymarga yesa shaxsiy mashhurlik faqatgina bir yildan so'ng keldi. Yosh braziliyalik 49ta uchrashuvda 31 to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi, biroq Messi va Ronalduga imkoniyatni boy berdi hamda atigi 7 foiz ovozni qo'lga kiritdi. Neymarda “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun hali imkoniyatlar bo'ladi.

2016, Antuan Grizmann («Atletiko»)

2016 yil Ronaldu yili bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi: agarda Chempionlar ligasidagi g'alaba – “Real” uchun odatiy bir holga aylanib borayotgan bo'lsa, Portugaliya termasining Yevrodagi g'alabasi ilk bor ro'y berdi. Mavsumda yeng porlagan o'yinchi yesa “Atletiko” forvardi Antuan Grizmann bo'ldi – frantsiyalik Ronalduni finallarda ikki bor mag'lubiyatga uchrata olmadi va portugaliyalik hamda Messidan so'ng uchinchi pog'onadan haqli ravishda o'rin oldi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: