«Manchester Siti»da jiddiy muammo paydo bo'ldi

Angliya 11 Yanvar 2017 3138

«Manchester Siti» klubi Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan antidoping qoidalarini buzishda ayblandi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan.

Qayd yetilishicha, klub doping nazoratidan o'tishi lozim bo'lgan futbolchilarning manzili haqida noto'g'ri ma'lumot bergan. Natijada, antidoping tashkiloti xodimlari ko'rsatilgan manzilda futbolchilarni topa olmagan. Bu yesa antidoping qoidalarini qo'pol ravishda buzish sifatida talqin yetiladi.

Qoidaga ko'ra, klub o'z futbolchilarining istiqomat qilayotgan manzili haqida haqqoniy va aniq ma'lumotlarni taqdim qilishi shart hisoblanadi.

Endi «shaharliklar» jamoasi vakillarida 2017 yilning 19 yanvarigacha bo'lgan muddatda FA tomonidan qo'yilgan ayblovlarga javob qaytarish uchun vaqt bor.

APLning 20 turidan keyin Xosep Gvardiola jamoasi peshqadam «Chelsi»dan 7 ochko ortda qolgan holda (42 ochko) turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda joylashgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: