«Lion» «MYu» hujumchisini xarid qilish bo'yicha muzokaralarni boshladi

Frantsiya 11 Yanvar 2017 1971

Frantsiyaning «Lion» futbol klubi Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Memfis Depayni xarid qilish istagida. Frantsiya klubi mankunianliklar bilan niderlandiyalik futbolchining transferi yuzasidan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar beradi Footmercato jurnalisti Holid Karuri.

Xabar qilinishicha, «Lion» rahbariyatida Depayning transferi yuzasidan turli fikrlar kelib chiqqan, biroq 22 yoshli futbolchining o'zi faoliyatini Liga 1 da davom yettirishni istaydi.

Avvalroq, Moskvaning «Spartak» klubi ham Depayga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Memfis APLning joriy mavsumida maydonda atigi 20 daqiqa davomida to'p surdi va bitta sariq kartochka sohibiga aylandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: