Xalk kimlar bilan jamoadosh bo'lishni istashi haqida aytdi

Osiyo 11 Yanvar 2017 3874

«Shanxay SIPG» jamoasi hujumchisi Xalk Lionel Messi, Ronaldu va Neymar bilan bir jamoada to'p surishni istashi haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, u bu futbolchilar bilan hujum chizig'ida a'lo darajada harakat qilgan bo'lardi.

«Men Messi va Ronalduni, shuningdek Neymarni o'zim bilan bir jamoada bo'lishni istayman. Biz to'rtovlon bir jamoada hujum to'rtligini tashkil qilishimiz mumkin bo'lardi», deya Xalkning so'zlarini keltirgan FIFA rasmiy sayti.

Ushbu futbolchi 2016 yilning yozida «Zenit»dan «Shanxay SIPG» safiga 55,8 mln yevro yevaziga transfer qilingandi. U xitoyliklar jamoasida yiliga 20 mln yevro miqdorida maosh oladi.

Braziliyalik bu futbolchi bilan «Shanxay SIPG»da hozirda legionerlar Oskar, Karvalo va Odil Ahmedov harakat qilmoqda.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: