Jahon chempionatida durang natijalar bo'lmaydi. Futbol jamoatchiligi buni qanday qabul qilmoqda?

Jahon 11 Yanvar 2017 2525

Germaniya terma jamoasining sobiq sardori, «Bavariya» va «Chelsi» klubi sobiq yarimhimoyachisi Mixael Ballak FIFA tomonidan JCh ishtirokchilari soni 32tadan 48taga yetkazilishiga munosabat bildirdi.

«Bu mas'uliyatsizlik belgisi. Ular futbolning rivojiga hujum qilishdi.

Albatta bu qaror bir ovozdan qo'llab quvvatlandi», deya kinoyali izoh bergan Ballak.

Eslatib o'tamiz, FIFA 2026 yildan boshlab jahon chempionatlarida ishtirok yetuvchi jamoalar sonini 32tadan 48taga, guruhlar sonini yesa 8tadan 16taga oshirilgani haqida qaror qabul qilgandi.

Hozircha yangi turnir qanday ko'rinishda bo'lishi noma'lumligicha qolmoqda. Terma jamoalar soni oshgani tufayli turnirga mezbonlik qiladigan davlatda stadionlar va mehmonxonalar yetarlicha ko'p bo'lishi kerak. 2026 yilgi JCh mezboni bo'lish uchun asosiy da'vogar AQSh hisoblanadi. Shuningdek, tarixda ilk marta mundial 3 davlat bo'ylab o'tkazilishi ham mumkin.

Guruhlarda durang natijalar bo'lmaydi, asosiy vaqtda durang qayd yetilsa, g'olib penaltilar seriyasida aniqlanadi, keyingi bosqichga 16 guruhdan 32 jamoa yo'l oladi. Shu bilan birga FIFA turnir o'tkaziladigan kunlar sonini o'zgartirmaslik, dam olish kunlari avvalgidek qolishi hamda finalgacha 7ta o'yin o'tkazilishini ta'minlaydi.

2016 yilgi JCh reglamenti hozircha ishlab chiqilmagan, konfederatsiyalarga nechtadan o'rin ajratilishi ham noma'lum. Katta yehtimol bilan Afrika va Osiyo uchun ko'proq o'rin ajratiladi.

«Infantino karam sho'rvasi». JCh ishtirokchilari sonining oshirilishi qanchalik to'g'ri?

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: