Frantsiya futboli afsonasi yana murabbiylikka qaytdi

Frantsiya 11 Yanvar 2017 1730

Frantsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi, 1991 yilgi «Oltin to'p» sovrindori Jan-Per Papen tez orada Frantsiyaning «Oser» jamoasini qabul qilib oladi.

Xitoylik yangi investorlar klubda jahon darajasidagi murabbiyni ko'rishni istashgandi va shu boisdan ham 53 yoshli mutaxassis jamoaga taklif qilingan. Papen shuningdek, klubda sport direktori vazifasida ham faoliyatini davom yettiradi.

Papenning zimmasiga yuklatilgan birinchi vazifa bu jamoaning 3-divizionga tushib ketmasligini ta'minlash bo'ladi. Hozirda «Oser» turnir jadvalida 19-o'rinda bormoqda va Liga 2da qolish imkoniyatini beruvchi 17-o'rindan ikki ochkoga ortda qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, bungacha Papen Frantsiyaning «Strasburg», «Lans» va «Shatoru» kabi klublarni boshqargan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: