Yenrike Ronalduning so'zlari haqida: Spektakl tomosha qilishni istamadim

Ispaniya 11 Yanvar 2017 3046

«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Luis Yenrike «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo'yicha 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangach, aytgan gaplariga munosabat bildirib o'tdi. Portugaliyalik futbolchi ushbu mukofot yaxshilar orasidagi yeng yaxshi futbolchiga topshirilgani haqida aytgan.

«Yaxshiyamki, men keyingi kunlarda televizor  ko'rmayapman. Bu orqali men spektakl tomosha qilishdan qutildim», — deya kataloniyaliklar jamoasining bosh murabbiyi so'zlarini keltirgan Marca.

Ronalduga dekabr oyida France Football tomonidan «Oltin to'p» ham topshirilgandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: