Yenrike: FIFAning taqdirlash marosimiga bormagan o'yinchilarimni 100 foizga qo'llab-quvvatlayman

Ispaniya 11 Yanvar 2017 1587

«Barselona» futbol klubi bosh murabbiyi Luis Yenrike Syurixdagi FIFAning taqdirlash marosimiga kelmagan o'z o'yinchilarini qo'llab-quvvatladi.

«Marosimga bormaslik haqidagi qaror – har bir o'yinchining o'zi tomonidan qabul qilindi. Men murabbiy sifatida ularni faqatgina qo'llab-quvvatlashim mumkin. Biroq, aynan shu vaziyatda ularning qarorini 100 foizga qo'llab-quvvatlayman. Sababi bizni bugun juda muhim uchrashuv kutib turibdi», - deya Yenrikening so'zlarini keltiradi Marca.

Ma'lumot uchun, «Barselona» o'yinchilari jahonning yeng yaxshi futbolchisiga sovrin topshiriladigan taqdirlash marosimiga borishmadi va jamoa ixtiyorida qolishdi. Bu «Atletik» bilan Ispaniya kubogining 1/8 finali javob bellashuviga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish maqsadida amalga oshirildi. Kataloniyaliklar Bilbaoda 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgandi.

 

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: