«Atletik» futbolchisi «Barselona» hakamlarga norozilik bildirishidan norozi

Ispaniya 11 Yanvar 2017 815

«Atletik» jamoasi yarim himoyachisi Inyaki Uilyams Ispaniya Kubogining 1/8 finali javob uchrashuvlari doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan bu jamoa tomonidan keyingi vaqtlarda hakamlar ishiga ye'tirozlar bildirilishi holatlari ko'p bor uchrayotgani haqida aytib o'tdi.

«Ular hakamdan shikoyat qilishi kerak bo'lgan oxirgi jamoadir. Bu katta klub va hakamlar ularga qarshi qaror chiqarishga ko'p ham botinishmaydi.

Men birga-bir vaziyatda gol ura olmasligim mumkin, nima uchun hakamlar xato qilmasin? Ular ham biz futbolchilar kabi oddiy odamlar.

Hakamlik ishi qiyin, ularda ham qaror chiqarishda shubhalar bo'ladi va men ularning qarorlariga shikoyat qilmaslikni ma'qul ko'raman.

Neymar bilan bog'liq vaziyatda hakam penalti beradi deb o'ylagandim. Ammo hakam fol qayd yetmadi va men xursand holda o'yinni davom yettirdim.

Bundan tashqari, Neymar ham fol ishlatishi va hakam uning foydasiga qaror qabul qilishi mumkin yedi», – degan Uilyams Marca nashriga.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: