JChning yangi formati uchun 4 variant ko'rib chiqilgan

Jahon 10 Yanvar 2017 1992

Jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48taga yetkazish qarori 4 variant ichidan tanlangan. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Bugun FIFA kengashi bir ovozdan 2016 yilgi mundialdan boshlab ishtirokchilar sonini hozirgi 32tadan 48taga yetkazish haqida qaror qabul qildi.

"FIFA jahon chempionati ishtirokchilari sonini 2026 yilda 48taga yetkazish bo'yicha bir ovozdan qaror qabul qildi. Kengash Syurixdagi FIFA uyida 9-10 yanvar kunlari yig'ilish o'tkazdi va 48 terma jamoa 3tadan bo'lib 16 guruhni tashkil qilishi haqida qaror qabul qildi. Guruhlardan 2tadan jamoa keyingi bosqichga o'tadi va pley-offda 32 ishtirokchi bo'ladi.

Turnirning yangi formati shunday tuziladiki, dam olish kunlari finalga qadar qisqartirilmaydi. Finalgacha avvalgi kabi 7ta o'yin o'tkazish kerak bo'ladi. Turnir o'tkaziladigan kun 32 kun bo'ladi va klublar bu kunlarda o'z futbolchilariga ruxsat beradi.

Qaror chuqur tahlillardan so'ng, 4ta variantni o'z ichiga olgan hisobot asosida qabul qilingan. Tadqiqotlarda sportcha balans, raqobat, futbol taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi omillar, infratuzilmalar, moliyaviy prognozlar va boshqa yehtimoliy oqibatlar hisobga olingan. FIFAning keyingi majlisida turnir formati bo'yicha batafsil ma'lumotlar, jumladan konfederatsiyalarga qanchadan o'rin ajratilishi ma'lum qilinadi.

FIFAning 2016 yil oktyabrida o'tkazilgan majlisida turnir formatini o'zgartirish stsenariysi muhokama yetilgan. Jarayon 2020 yilgacha davom yettiriladi.

FIFAning keyingi majlisi shu yilning 9 may kuni Bahrayndagi Manama shahrida bo'lib o'tadi".

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: