Jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilgani barchaga ham yoqmayapti

Ispaniya 10 Yanvar 2017 1224

Ispaniya professional futbol ligasi (LFP) FIFAning jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48taga oshirgani bo'yicha shikoyat qilmoqchi.

Marca xabariga ko'ra, LFP Bryussel va Nondagi sudlarga murojaat qiladi. LFP prezidenti Haver Tebas bu haqda FIFA rahbari Janni Infantinoga rasman ma'lum qilgan.

Bundan oldinroq Tebas Infantinoning jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish bo'yicha ishlarini tanqid qilgan, uni milliy chempionatlar manfaatlari bilan hisoblashmaslikda ayblagandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: