O'zbekistonlik yana bir futbolchi Rossiya chempionatiga qaytishi mumkin

O'zbekiston 10 Yanvar 2017 3019

2011 yili Meksikada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi safida ishtirok yetgan Bobur Davlatov faoliyatini yana Rossiya chempionatida davom yettirishi mumkin.

Mahalliy matbuot nashrlari bergan xabarga ko'ra, Davlatovga Rossiya birinchi ligasi vakili «Nefteximik» klubi qiziqish bildirgan.

Ayni damda futbolchi klub safida ko'rikdan o'tish uchun jamoa bilan birga Turkiyaga o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jo'nab ketgan.

Eslatib o'tamiz, «Yangier» klubi tarbiyalanuvchisi sanalgan Davlatov o'z vaqtida Rossiyaning «Rubin» klubi safida to'p surgandi. Keyinchalik klub uni Qozog'istonning «Jetisu» va «Aqto'be» klublariga ijaraga bergandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: