O'zbekiston vakillari FIFA so'rovnomasida kimlarga ovoz bergani ma'lum qilindi

O'zbekiston 10 Yanvar 2017 3246

Shveytsariyaning Syurix shahrida 9 yanvar kuni Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) talqini bo'yicha 2016 yilning yeng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tdi.

Yilning yeng yaxshi futbolchisi hamda yeng yaxshi murabbiyiga ovoz berish jarayonida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va jamoa sardori Odil Ahmedov ishtirok yetdi.

O'FF rasmiy sayti ma'lumot berishicha, Samvel Babayan o'z ovozlarini quyidagicha taqsimladi: 

Murabbiylar: 1. Klaudio Raneri (“Lester”), 2. Diego Simeone (“Atletiko”), 3. Zaynidin Zidan (“Real”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Toni Kroos (“Real”, Germaniya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Frantsiya).

Odil Ahmedovning ovozlari quyidagicha taqsimlandi:

Murabbiylar: 1. Yurgen Klopp (“Liverpul”), 2. Luis Yenrike (“Barselona”), 3. Xosep Gvardiola (“Bavariya”).

Futbolchilar: 1. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina), 2. Krishtianu Ronaldu (“Real”, Portugaliya), 3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Frantsiya).

2016 yilning yeng yaxshi ayol futbolchisi va yeng yaxshi ayol murabbiyini aniqlashda O'zbekiston ayollar terma jamoasi Sherali Boboqulov va jamoa sardori Mahliyo Sariqova ishtirok yetdi.

Sherali Boboqulov quyidagilarga o'z ovozini berdi:

Futbolchilar: 1. Jennifer Marozsan, 2. Karli Lloyd, 3. Kristen Sinkler.

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Filipp Bergeru.

Mahliyo Sariqova o'z ovozlarini quyidagicha taqsimladi:

Futbolchilar: 1. Karli Lloyd, 2. Kristen Sinkler, 3. Jennifer Marozsan

Murabbiylar: 1. Silviya Nayd, 2. Piya Sandxeyj, 3. Yulian Yellis

Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo'yicha 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Lester” ustozi Klaudio Raneri yeng yaxshi murabbiy nomiga loyiq bo'ldi.

AQSh ayollar terma jamoasi hujumchisi Karli Lloyd yeng yaxshi futbolchi nomiga sazovor bo'ldi. Germaniya ayollar termasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Silviya Nayd 2016 yilning yeng yaxshi ayol murabbiyi deb tan olindi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: