«U gollar urish uchun yashaydi». Ronaldu haqidagi 15ta yorqin iqtibos

Ispaniya 10 Yanvar 2017 4036

«Real» jamoasi hujumchisi FIFA talqiniga ko'ra, 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi. Quyida ushbu portugaliyalik chempion haqida futbol olamining turli vakillari tomonidan turli davrlarda aytilgan yeng yorqin iqtiboslar keltirilgan.

Ser Aleks Fergyuson, Ronalduga «MYu»da murabbiylik qilgan:
— Krishtianu Ronaldu men bilan ishlagan yeng iste'dodli futbolchilardan biri. U «Manchester Yunayted» tarixidagi buyuk futbolchilarni ortda qoldirdi. U bilan faqat — Pol Skoulz va Rayan Giggzni bir qatorga qo'yishim mumkin. Ular ham 20 yil davomida ulug'vor o'yin namoyish yetib kelishgan.

Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi ustozi, Ronalduga «Sporting»da ham murabbiylik qilgan:
— Men «Sporting»ni boshqarganimda, Ronalduga u men bilan ishlashi uchun tsirkka xos tryuklarni bas qilishi lozimligini aytgandim. Unga shuningdek, futbolni barcha tomonlama o'zlashtirishi kerakligini aytganman. Keyingi kuni mashg'ulotga kelganimda birinchi bo'laman deb o'ylagandim. Biroq men ikkinchi jamoadagi do'stlari bilan mashg'ulot o'tayotgan Ronalduni ko'rdim.

Zlatan Ibrahimovich, «MYu» hujumchisi:

— Ronaldu tug'ma talant yemas — tinimsiz mashg'ulotlar mahsuli.

Ser Aleks Fergyuson, Ronalduning «MYu»dagi ustozi:
— Ko'plab talantli futbolchilar o'zlarini namoyish qilish uchun urinishadi. O'ylaymanki, Krishtianu jamoadoshlari hurmatini qozonish uchun ularning ko'z o'ngida o'zini ko'rsatishga harakat qilardi.

Futbolchilar mashg'ulotlar vaqtida o'zlarini munosib tutishish kerak. Tajribali futbolchilar unga saboq berishardi. Bir safar Kerringtonda uning oyog'iga boplab tepishdi va dahshatli chinqiriq yeshitildi: «A-a-a-a-a!» Sheriklari unga rahm qilishmadi. Ko'p o'tmay u o'zini yaxshi tutadigan bo'ldi. Uni tarbiyalashdi. U juda aqlli yigit yedi. Krishtianu angladiki, mashg'ulotlar vaqtida uning artistliklari va baqirishlariga hech kim ye'tibor qaratmaydi. Va u o'zini o'nglay boshladi. Tez orada bu katta o'yinlarda ham aks yetdi.

Gari Nevill, Ronalduning «MYu»dagi sobiq jamoadoshi:
— Ronaldu „MYu“ga kelganida 2-3 yil davomida jamoadoshlari tomonidan masxara qilinardi. Hozir u aynan shu harakatlar uni yerkak qilib yetishtirganini tan oladi.

Gari Lineker, Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi:
— Krishtianu haqida nima deyish mumkin? U buyuk futbolchi, shunchaki buyuk futbolchi. Men hech qachon u kabi balandlikka sakraydigan futbolchini ko'rmadim. Fenomenal sportchi.

Diego Maradona, dunyo futboli afsonasi:
— Ronaldu — futbol javohiri. Kim futbol ishqibozi bo'lsa, unga Ronalduning o'yini ham yoqishi tayin. 

Xorxe Sampaoli, «Sevilya»ning argentinalik bosh murabbiyi: 
— Ronalduning asosiy muammosi shundaki, uning davri Messi bilan, futbol tarixidagi yeng yaxshi futbolchi bilan bir davrga to'g'ri kelib qoldi.

Karlo Anchelotti, Ronalduning «Real»dagi murabbiyi:
— Messining zo'rligiga Krishtianu borligi sabab. Xuddi shuningdek, Krishtianuning zo'rligiga Messi borligi sabab.

Rayan Giggz, Ronalduning «MYu»dagi sobiq jamoadoshi: 
— U bilan kiyim almashtirish xonasida birga bo'lish yaxshi yedi, ammo u oynaga qarash uchun shunchalik ko'p vaqt sarflardiki. Bizda avvaliga Bekhem bor yedi, „MYu“ga Krishtianu kelgach, u oynani Beksdan tortib olgandi. U oyna qarshisida uzoq vaqt nima qilardi, bilmasdik, ammo biz ko'p vaqt kutishimizga to'g'ri kelardi.

Zaynidin Zidan, «Real» bosh murabbiyi:
— Ronaldu tufayli bahslar yuzaga kelishi tabiiy hol. Har kim Krishtianu haqida o'z nuqtai nazariga yega. Ronaldu o'z vazifalarini juda o'rinlatib bajaradi, u noyob futbolchi. U o'z ustida ishlashda davom yetmoqda.

Marselo, Ronalduning «Real»dagi jamoadoshi:
— Ronaldu gollar urish uchun yashaydi.

Raul Albiol, Ronalduning «Real»dagi sobiq jamoadoshi:
— Ronaldu — aql bovar qilmas inson. U maydondan tashqarida hamisha boshqalarga yordam ko'rsatishga intiladi. Krishtianuning shaxsiyatida mavhum qolayotgan jihatlar bor. Odamlar hech qachon Ronalduni yaqindan bila olishmaydi. U har kuni yanada yaxshiroq bo'lish uchun harakat qiladi. U juda saxiy inson.

Joau Arozu, Portugaliya termasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: 
— Agar Ronalduga jarohatlar xalaqit bermasa, u 41 yoshigacha bamaylixotir o'ynashi mumkin. Men Krishtianu boshqa futbolchilardan ajralib turishi haqida gapirishni istamayman, ammo aytishim kerakki, u alohida xarakteristikaga yega. Yillar o'tsada, uning tezligi pasaymadi.

Zaynidin Zidan, «Real» bosh murabbiyi:
— Men Ronalduni «Real» tarixidagi yeng yaxshi futbolchi desam, oshirib yuborgan bo'lmayman. «Real»ning hech bir futbolchisi Krishtianu qo'lga kiritgan yutuqlarga yerishmagan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: