Ronaldu o'z nutqida «Barselona» haqida yeslab o'tdi

Ispaniya 10 Yanvar 2017 5644

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqini bo'yicha 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi uchun ta'sis yetilgan mukofotni qabul qilib olganidan keyin nutq so'zladi.

«Men uchun ovoz berganlarning barchasiga minnatdorchilik bildirishni istayman: muxlislar, terma jamoa sardorlari va jurnalistlar. Rahmat sizlarga.

Men FIFA mukofotini ilk marta olayotganim yo'q, ammo bu birinchi The Best. Men birinchi navbatda «Real»ga va jamoamiz murabbiyiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Men uchun qilgan ishlaringiz uchun rahmat. Shuningdek, oilam, akalarim, onam, klub xodimlariga rahmat aytaman.

2016 yil faoliyatimdagi yeng yaxshi yil bo'ldi. Men o'tgan yilni hech qachon unutmayman. Juda baxtiyorman, barchadan minnatdorman.

Afsuski, bunday pallada «Barselona» futbolchilari biz bilan birga yemas, ammo ularni to'g'ri tushunish mumkin», – degan Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, FIFA marosimiga taklif yetilgan «Barselona» futbolchilari marosimga kelmaslikni ma'qul ko'rdi. Lionel Messi, Jerar Pike, Luis Suares va Andres Inesta yil ramziy terma jamoasiga kiritilgandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: