Ronaldu FIFA mukofoti soliqlardan xoli yekanidan xursand bo'ldi

Ispaniya 10 Yanvar 2017 1583

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi, 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangan Krishtianu Ronaldu navbatdagi mukofoti o'ziga muammo tug'dirmasligi, chunki u soliqlardan xoli yekani haqida gapirib hazillashgan.

ESPN xabariga ko'ra, jurnalistlardan biri futbolchining o'tgan oyda moliyaviy firibgarlik bilan bog'liq mojaroga o'ralashganiga ishora qilib, undan FIFA mukofoti uchun soliq to'lash-to'lamasligi haqida so'ragan.

«Bu mukofotdan soliq olinmaydi. Xudoga shukr!», — deya hazillashgan futbolchi.

Dekabr oyida nashrlar Ronaldu soliqlardan qochish uchun Shveytsariya va Britan Virjiniyasidagi ofshorlardan foydalangani, u bu firmalar orqali reklama shartnomalari orqali olingan 75 mln yevro miqdoridagi mablag'ni ofshor firmalarga yo'naltirgani haqida yozgandi.

Forbes jurnali ma'lumotiga ko'ra, Krishtianu Ronaldu 2015 yil yeng ko'p maosh to'lanadigan mashhurlar orasida to'rtinchi bo'lgandi. Nashr ma'lumotiga ko'ra, o'sha yili uning daromadi 88 million yevroni tashkil qilgan.

10 yanvar kuni Ronaldu FIFA talqiniga ko'ra 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: