Raneri 65 yoshida uning uchun hammasi yendi boshlanayotganini aytdi

Jahon 10 Yanvar 2017 800

«Lester» bosh murabbiyi Klaudio Raneri, FIFA tomonidan 2016 yilning yeng yaxshi murabbiyi deb topilgach, bu borada dastlabki fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Qanday ajoyib oqshom! Bunday tadbirda buncha afsonalar bilan shunchaki ishtirok yetishning o'zi katta gap yedi. Qo'shimchasiga menga bu sovrinni topshirishdi. 

Barchasi aqlbovar qilmas darajada. Men uchun ovoz bergan barchaga rahmat aytmoqchiman. Shuningdek oilamga, xotinimga agentimga va futbolchilarga rahmat aytmoqchiman. Ularsiz bu sovrinni qo'lga kirita olmasdim. Albatta muxlislarga ham alohida rahmat.

O'tgan mavsumda Angliyada sodir bo'lgan voqea — shunchaki ajoyib va hayratlanarli. Futbol ma'budi «Lester» faqat shunday g'alaba qozonishi kerak degan yekan, shunday bo'ldi! 

Mengacha Dani Alves 30 yoshida nimadir yangi narsa o'rganini aytdi… Men 65 yoshga to'ldim va kamina uchun barchasi yendi boshlanmoqda», — dedi Raneri.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: