Maradona: Messidan ko'nglim qoldi

Jahon 10 Yanvar 2017 5560

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Diego Maradona “Barselona” hujumchisi Lionel Messining FIFAning taqdirlash marosimiga kelmagani yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Mukofot Madridning “Real” klubi forvardi Krishtianu Ronalduga nasib yetdi. Shuningdek, sovringa Messi va «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann ham da'vogarlik qildi.

“Mening Messidan ko'nglim qoldi. Uyda televizor oldida o'tirib, hech kim bilan kurash olib borib bo'lmaydi. Men “Barselona” vakillari nima uchun kelishmaganini bilmayman. O'ylashimcha, u Syurixga kelib, Barselonadagidan ham ko'proq kurash olib borishi mumkin yedi”, - deya Maradonaning so'zlarini keltiradi TVE. 

Ma'lumot uchun, Ronaldu ovoz berish yakuniga ko'ra 34,4 foiz ovoz to'plagan bo'lsa, Messi- 26,42 foiz, Grizmann yesa 7,53 foiz ovozni qo'lga kiritdi.

 

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: