Krishtianu Ronaldu o'zini jahon futbolining bir qismi deb atadi

Ispaniya 10 Yanvar 2017 1646

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zini jahon futbolining bir qismiga aylangan deb hisoblay boshladi.

Dushanba oqshomida Ronaldu FIFA talqini bo'yicha 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi.

«Menda shubha yo'qki, men yendi jahon futboli tarixining bir qismiman. Bu mening maqsadim yedi. Men futbol o'ynashni boshlaganimdayoq – shunchaki futbolchi bo'lishni yemas, dunyoning yeng zo'r futbolchisi bo'lishni maqsad qilib qo'ygandim. Buni uddaladim - sovrinlar, rekordlar, individual mukofotlar shundan guvohlik bermoqda", - deya Ronaldudan iqtibos keltirgan FIFA rasmiy sayti.

Portugaliyalik futbolchi shuningdek, kelgusida o'zini murabbiy sifatida ko'rmasligi va Portugaliya terma jamoasi bilan 2017 yilda Rossiyada bo'lib o'tadigan Konfederatsiyalar Kubogida zafar qozonmoqchi yekani haqida gapirib o'tgan.

«Hech qachon hech qachon demang. Men kelgusida nimalar bo'lishini bilmayman, ammo ayni vaqtda men o'zimni murabbiy sifatida ko'rmayapman», -degan Ronaldu.

Krishtianu Ronaldu 2016 yil hisobidan 4ta jamoaviy va 10ta individual mukofotga sazovor bo'ldi.

Portugaliyalik 31 yoshli futbolchi avval «Real» bilan YeChL g'olibi, keyin Portugaliya termasi bilan Yevropa chempioniga aylandi. Yevro–2016 finalida olingan jarohati tufayli Ronaldu «Sevilya»ga qarshi UEFA Superkubogida ishtirok yeta olmagandi, shunga qaramay «Real» 3:2 g'alaba qozongandi. Keyinroq «Real» hujumchisi UEFA versiyasi bo'yicha yeng yaxshi futbolchi deb tan olindi.

2016 yil xalqaro o'yinlarda yeng ko'p gol «Oltin to'p» sohibi Krishtianu Ronaldu tomonidan urilgani aniqlandi

Dekabr oyi o'rtalarida portugaliyalik futbolchi France Football nashri tomonidan yilning yeng yaxshi futbolchisi deb topildi va «Oltin to'p» mukofoti bilan taqdirlandi.

Ronaldu «Real» safida Yaponiyada bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi JChda g'olib bo'ldi. Turnir davomida 4 ta gol kiritgan Ronaldu musobaqaning yeng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Evropaning 27 ta axborot agentligi Krishtianu Ronalduni qit'ada yilning yeng yaxshi sportchisi deb topdi

Nihoyat, 9 yanvar kuni Shveytsariyaning Syurix shahrida bo'lib o'tgan FIFAning taqdimot marosimida Krishtianu Ronaldu 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi deb topildi va FIFA ta'sis yetgan The Best mukofotiga sazovor bo'ldi.

Bundan tashqari, Ronaldu Globe Soccer Awards talqini bo'yicha 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq deb topilgandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: