Karlush Keyrush Yeron terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida qoladi

O'zbekiston 10 Yanvar 2017 1087

Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrushning iste'foga chiqish arizasi rad yetilgani va u o'z lavozimida qolishini ma'lum qildi.

O'FF matbuot xizmati xabariga ko'ra, maxsus tashkil yetilgan matbuot anjumanida Yeron futbol federatsiyasi rahbari Karlush Keyrushning mamlakat termasidagi muvaffaqiyatlari, xususan, Osiyo mamlakatlari o'rtasida Yeron bir necha yildan buyon FIFA reytingida yetakchilik qilayotgani ta'kidladi. Bundan tashqari, Mehdi Toj Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasida Yeron klublari uchun 4ta kvotani saqlab qolish muhim yekanini aytdi.

Matbuot anjumani davomida Yeron futbol federatsiyasi rahbari terma jamoa va klublar o'rtasidagi muammolar amaldagi reglamentga muvofiq o'zaro hurmat orqali bartaraf yetilishi kerakligini ta'kidladi.  

Eslatib o'tamiz, 63 yoshli mutaxassis 8 yanvar kuni Yeron futbol federatsiyasi bilan yuzaga kelgan o'zaro ziddiyat va kelishmovchiliklardan so'ng milliy terma jamoadan ketish haqida ariza yozgandi.

Qayd yetish joiz, Yeron hamda O'zbekiston futbol federatsiyalarining o'zaro kelishuviga ko'ra, JCh–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Yeron – O'zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 13 iyun kunidan 12 iyun sanasiga ko'chirilgan.

Ma'lumot uchun, JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Yeron 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi, O'zbekiston 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. 

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: