Inesta «Real» futbolchilariga qo'ng'iroq qilib, ulardan uzr so'radi

Ispaniya 10 Yanvar 2017 4649

«Barselona» yarim himoyachisi Andres Inesta «Real»ning bir qancha futbolchilariga qo'ng'iroq qildi va o'z jamoasi nomidan ulardan uzr so'radi. Bu haqda Marca xabar tarqatgan.

Kataloniyaliklar klubi futbolchilari FIFA taqdimot marosimiga kelmagani katta rezonansni keltirib chiqardi. Ko'pchilik «Barselona» bu marosimiga kelishi zarur bo'lgani haqida gapirdi.

2016 yil futbolchisi sifatida taqdirlangan «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham o'z nutqida «Barselona» haqida yesladi va shunday kunda bu jamoa futbolchilari yonida yemasligidan afsusdaligini bildirdi.

Inesta «Real» futbolchilariga «Barselona»ning taqdimot marosimiga bormagani ikki jamoa futbolchilarining o'zaro munosabatiga bog'liq yemasligini aytib o'tgan. Inestaning so'zlariga ko'ra, klub Syurixga bormaganiga boshqa turli sabablar mavjud.

Bundan oldingi xabarlarda, «Barselona» Syurixga bormagani sababi jamoa futbolchilari Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Atletik»ka qarshi 11 yanvar kuni o'tkaziladigan uchrashuvga yaxshiroq tayyorlanish zarurligi bilan bog'liqligi aytilgandi. Ushbu jamoalarning birinchi uchrashuvida basklar jamoasi 2:1 hisobida g'alaba qozongandi.

«Barselona» rahbariyati chiqargan qaror FIFAni ranjitdi

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: