Foto: Vandallar Messining Buenos-Ayresdagi haykalini sindirib ketishdi

Jahon 10 Yanvar 2017 2896

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o'rnatilgan Lionel Messining haykalining yarmi noma'lum shaxslar tomonidan qirqib ketilgan. Bu haqda shahar hokimiyati vakili ma'lum qilgan.

Uning so'zlariga ko'ra, "haykal vandalizm qurboni bo'lgan". Jinoyatchilarning harakatlari oqibatida postamentda sportchining oyoq qismi va futbol to'pi qolgan.

"Buenos-Ayres hokimiyati haykalni qaytadan tiklash ustida ish olib bormoqda", - deyilgan xabarda.

Ondacero radiosining rasmiy tvitterida voqea joyida olingan surat namoyish qilingan.

Haykal shaharning Puerto-Madero tumanida, 2016 yilning iyunida argentinaliklar Amerika Kubogi finalida Chiliga yutqazib qaytgach, jamoa yetakchisi terma jamoadan ketishini ye'lon qilganidan so'ng uni qaytarish uchun o'rnatilgandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: