FIFA Argentinani xalqaro turnirlardan chetlatishi mumkin

Jahon 10 Yanvar 2017 2833

Argentinalik sobiq futbolchi Diego Maradona FIFA Argentina futbol assotsiatsiyasini (AFA) o'z tarkibidan chiqarib yuborishi mumkinligi haqida gapirdi. Afsonaviy argentinalik futbolchining so'zlariga ko'ra, bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino o'zaro suhbat vaqtida aytgan.

«Infantino AFA FIFAdan chetlatilishi mumkinligini istisno yetmadi. U menga dedi: «Argentinadan kelib tushgan ma'lumot, sochimni tikka qildi. Agar AFA chetlashtirilsa, men har bir argentinalikka terma jamoaning xalqaro turnirlarda qatnashmasligini bittalab tushuntiraman», — deya Maradonaning so'zlarini keltirgan Ole nashri.

Maradonaning o'zi ham AFA tashkilotini bir necha bor tanqid qilgan, rahbariyatni futbolga aloqasi yo'q korruptsionerlar va mafiozlar to'dasi deb atagandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: