Yevropa klublari assotsiatsiyasi FIFA qaroriga qarshi chiqdi

Jahon 10 Yanvar 2017 1698

Evropa klublari assotsiatsiyasi (ECA) FIFA tomonidan jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilishiga nisbatan norozilik bildirdi va bu qarorni siyosiy qaror deb atadi.

Seshanba kuni Syurixda FIFA kengashi bir ovozdan jahon chempionati ishtirokchilari soni 2026 yildan ye'tiboran hozirdagidek 32ta yemas 48ta bo'lishi haqida qaror qabul qildi.

"ECA jahon chempionati ishtirokchilari soni oshirilganidan norozi. Bizningcha bu qaror siyosiy tus olgan va unda sportga oid sabablar yo'q. Bu qaror siyosiy bosim ostida qabul qilingan, bu afsuslanarli.

32 jamoa ishtirokidagi musobaqa o'zini har tomonlama oqlagan. Uning o'zgartirilishi hech qanday afzallikka yega yemas. Bundan tashqari, musobaqa boshlanishiga 9 yil qolganida bunday islohotni tezkorlik bilan amalga oshirilishi va uning ishtirokchilari fikrini inobatga olinmasligi bizni hayron qoldirmoqda", - deyilgan YeCA sayti xabarida.

Shuningdek, YeCA bu qarorning ta'siri va yehtimoliy oqibatlarini tahlil qilib chiqishi va tashkilotning yanvar oyi oxirida o'tkaziladigan navbatdagi majlisida bu masalani o'rtaga tashlashi aytilgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: