Yevro-2016 Frantsiyaga rekord miqdorda daromad keltirdi

Frantsiya 10 Yanvar 2017 1443

2016 yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik Frantsiya mamlakatiga 1,22 mlrd. yevro miqdorida daromad keltirdi. Bu haqda France-Presse Sport vazirligi tomonidan ye'lon qilinadigan tadqiqot natijalariga tayanib xabar bermoqda.

Tadqiqotda qayd yetilishicha, turnir vaqtida Frantsiyaga 613 ming nafar sayyoh tashrif buyurgan. Ularning har biri kuniga o'rtacha 154 yevrodan sarflashgan va o'rtacha 7,9 kun davomida mamlakat hududida bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Frantsiyada bo'lib o'tgan Yevropa chempionati 10 iyun-10 iyul kunlari o'tkazilib, unda Portugaliya terma jamoasi finalda musobaqa mezbonlarini (1:0 qo'sh.vaqt) mag'lub yetib, bosh sovrinni qo'lga kiritgandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: