Angliya kubogi qur'asi: «Chelsi» va «MYu» yana quyi liga vakiliga qarshi, «Siti» hamda «Arsenal»da jiddiy raqiblar

Angliya 10 Yanvar 2017 2683

Toshkent vaqti bilan 10 yanvar kuni Angliya kubogining 1/16 final bosqichi o'yinlariga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari bu safar ham quyi liga vakillariga duch keladigan bo'ldi.

«Manchester Siti» va «Arsenal»ning yesa raqiblari hozircha aniq bo'lgani yo'q. Agar javob uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o'tkaza olishsa, mos ravishda «Kristal Pelas» va «Sauthempton» bu jamoalarga raqib bo'lishi mumkin.

Qur'a natijalari quyidagicha:

«Tottenhem» – «Uikom Uonderers»
«Derbi Kaunti» – «Lester»
«Oksford Yunayted» – «Birmingem»/«Nyukasl Yunayted»
«Satton Yunayted»/«Uimbldon» – «Lids Yunayted»
«Liverpul»/«Plimut» – «Vulverhempton»
«Norvich Siti»/«Sauthempton» – «Arsenal»
«Ipsvich Taun»/«Linkoln Siti» – «Brayton yend Xouv Albion»
«Chelsi» – «Brentford»
«MYu» – «Uigan»
«Milluoll» – «Uotford»
«Rochdeyl» – «Haddersfild Taun»
«Sanderlend»/«Byornli» – «Bristol Siti»/«Flitvud Taun»
«Blekbern» – «Blekpul»/«Barnsli»
«Fulhem» – «Hall Siti»
«Midlsbro» – «Akkrington Stenli»
«Bolton Uonderers»/«Kristal Pelas» – «Manchester Siti»

Angliya kubogining 4-bosqich uchrashuvlari 27-30 yanvar kunlari o'tkaziladi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: