«Bunyodkor» Gana milliy terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi

O'zbekiston 10 Yanvar 2017 3010

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi BAA yig'ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini Gana terma jamoasiga qarshi o'tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Uchrashuvning birinchi bo'limida har ikkala jamoa a'zolari golli vaziyatlar sodir yetgan bo'lsalar-da, hisobni ochish hech bir futbolchiga nasib yetmadi. Biroq ikkinchi bo'limda tajriba o'z so'zini aytib, Gana terma jamoasi toshkentliklar darvozasiga ikkita to'p kiritishni uddaladi. 67-daqiqada Gana yeatkchisi Asamoa Gyan hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay «Anderlext» vakili Frenk Acheampong oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

«Bunyodkor» ustozi Sergey Lushchan raqibga qarshi qo'l ostidagi deyarli barcha futbolchini maydonga tushirib, yoshlarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkon berdi.

«Umuman olganda, Gana milliy terma jamoasi bilan o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi «qaldirg'ochlar» uchun har tomonlama foydali bo'ldi», deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.

O'rtoqlik uchrashuvi

«BUNYoDKOR» – GANA 0:2 (0:0)

Gollar: Asamoa Gyan 67, Frenk Acheampong 75
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Aleksandar Ignatovich, Islomjon Qobilov, Akramjon Komilov, Dushan Michich, Dostonbek Hamdamov, Otabek Shukurov, Yeldor Shomurodov, Javohir Yesonqulov, Vadim Chemirtan
Zaxiradan maydonga tushganlar: Pavel Bugalo, Xurshid G'iyosov, Rustamjon Ashurmatov, Jovlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov, Mirjamol Qosimov, Nurillo To'xtasinov, Javohir Qahramonov, Mirjahon Mirahmadov
Gana: Dauda, Afful, Baba, Boye, Mensa, Vakaso, Atsu, Badu, Jordan Ayyu, Tekpetey, Andre Ayyu.
Zaxiradan tushganlar: Razak, Yiadom, Ofori, Partey, Gyima, Amarti, Gyan, Acheampong, Afriye, Assufia, Tette
Dubay. «The Sevens» stadioni.

 

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: