Zidan France Football so'roviga ko'ra yeng yaxshi deb topildi

Ispaniya 09 Yanvar 2017 1170

«Real» murabbiyi Zaynidin Zidan France Football nashri tomonidan 2016 yilda frantsuz murabbiylari orasida yeng yaxshisi deb topildi. Bu haqda jurnal rasmiy saytida xabar berilgan.

Zidan «Real»ni o'tgan yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Bu davr mobaynida uning rahbarligida jamoa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JChda zafar quchdi.

Shuningdek, «qaymoqranglilar» jamoasi hozirgi vaqtga kelib 39 uchrashuvdan iborat mag'lubiyatsiz seriyani o'tkazmoqda.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: