Video: Pike «Vilyarreal»ga qarshi o'yindan keyin tribunada La Liga prezidentini ko'rib qoldi va...

Ispaniya 09 Yanvar 2017 5943

«Barselona» jamoasi himoyachisi Xerard Pike yana bir marta hakamlarning ishidan noroziligini keskin ifoda qildi.

Bu safar Pike Ispaniya chempionatining 17-turida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangandan keyin hakamni tanqid qilgan.

Marca xabariga ko'ra, o'yin yakunlangach kiyim almashtirish xonasiga yo'l olgan Pike tribunada Ispaniya professional futbol Ligasi (LFP) prezidenti Xaver Tebasni ko'rib qolgan va degan: «Sen buni ko'rdingmi? Ha, sen, aynan sen maydonda nimalar bo'lganini ko'rdingmi?» 

Shundan so'ng Pike intervyu bergan: «Bruno Soriano ikki marta ochiqchasiga qo'li bilan o'ynadi. Men Maskeranoning qo'liga ham to'p tekkanini ko'rdim, ammo bu futbolchilarning harakatlari boshqa-boshqa yedi&hyellip; 

Ular hafta sayin gap-so'z ko'payishiga sababchi bo'lishmoqda. Maydonda bo'lib o'tgan ilar hammasi aniq, bu yerda gapirishning keragi yo'q.».

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: