Ronaldu hosil yig'adi: Portugaliyalik futbolchi navbatdagi sovrinini kutmoqda

Jahon 09 Yanvar 2017 2865

Bugun Shveytsariyaning Syurix shahrida FIFAning taqdirlash marosimi o'tkaziladi, unda 2016 yilning yeng yaxshi futbolchisiga ham mukofot topshiriladi va bu mukofot yegasi deyarli aniq - Krishtianu Ronaldu.

Bu qanday bo'lgandi?
Uzoq vaqtlardan buyon Yevropa va dunyo futbolida yeng nufuzli individual mukofot «Oltin to'p» yedi va bu mukofotni France Football jurnali yegasiga topshirar yedi. 1991 yilda FIFA ham yilning yeng yaxshi futbolchisi uchun mukofotini ta'sis yetdi – «Brilliant to'p». Mukofot yegasini terma jamoalar bosh murabbiylari va sardorlari aniqlashardi, ilk laureat germaniyalik Lotar Matteus bo'lgan.

Qariyb 20 yil mobaynida bu ikki mukofot parallel ravishda topshirib kelindi. Ba'zida ikki mukofotga ham bir futbolchi yega chiqar, ba'zida unday bo'lmasdi. Oxirgi marta laureatlar ikki kishi bo'lgan: 2004 yilda «Oltin to'p»ni Andrey Shevchenko, «Brilliant to'p»ni yesa Ronaldino olgan.

2010 yilda bu ikki mukofot birlashtirildi. FIFA va France Football nashriga yegalik qiluvchi Amaury Group kompaniyasi JARdagi jahon chempionati vaqtida, Yoxannesburg shahrida kelishuvga yerishdi va yendilikda «Oltin to'p» mukofoti milliy terma jamoalar murabbiylari va sardorlari, shuningdek, jurnalistlarning ovoz berishlari natijasida topshiriladigan bo'ldi.

O'tgan yil oxirida 6 yillik shartnoma muddati yakuniga yetdi. Yangi kelishuvga yerishilmadi va yendi yana France Football va FIFA o'z mukofotlarini alohida taqdim yetadigan bo'ldi.

Bu qanday bo'ladi?
FIFA «Brilliant to'p»ni qaytarishni istamadi va The Best nomli yangi mukofot ta'sis qildi. FIFA talqini bo'yicha yeng yaxshisini aniqlash terma jamoa murabbiylari va sardorlari (25 foizdan), muxlislar (25 ) va FIFA ro'yxatdan o'tkazgan jurnalistlar (25 foiz) tomonidan aniqlanadi.

The Best platinadan tayyorlangan, balandligi 31 sm, og'irligi yesa – 6,4 kg. U nomzodlarning barchasi uchun bir xil (ayollar va yerkaklar hamda murabbiylar uchun).

Bugungi taqdimot marosimida amerikalik taniqli aktrisa va prodyuser Yeva Longoriya hamda germaniyalik shoumen Marko Shrayl boshlovchilik qilishadi.

Nomzodlar-2016
Yilning yeng yaxshi futbolchisi: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Lionel Messi (Argentina), Antuan Grizmann (Frantsiya).

Yilning yeng yaxshi ayol futbolchisi: Melani Beringer (Germaniya), Karli Lloyd (AQSh), Marta (Braziliya).

Yilning yeng yaxshi murabbiyi (erkaklar): Klaudio Raneri («Lester»), Fernandu Santush (Portugaliya), Zaynidin Zidan («Real»).

Yilning yeng yaxshi murabbiyi (ayollar): Jill Yellis (AQSh), Silviya Nayd (Germaniya), Pia Sundxage (Shvetsiya).

Yil muxlisi: «ADO Den Xaag» muxlislari (Niderlandiya); «Borussiya» D – «Liverpul» uchrashuvini tomosha qilish uchun kelganlar; Islandiya terma jamoasi fanatlari.

Yilning yeng yaxshi goli (Ferents Pushkash nomidagi mukofot):

Marlon (Braziliya)

Danyushka Rodriges (Venesuela)

Moxd Faiz Subri (Malayziya)

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: