«Real» portugaliyalik futbolchi uchun «Arsenal» bilan raqobatlashadi

Ispaniya 09 Yanvar 2017 2121

«Real» qishki transferlar vaqtida «Portu» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Andre Silvani qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Nashr ma'lumotiga ko'ra, 21 yoshli hujumchi uchun ispan klubi 50 million funt sterling to'lashga tayyor.

Bu orqali «Real» Silva uchun «Portu»ga «Arsenal» tomonidan berilgan taklifdan ko'ra ikki barobar yaxshiroq taklif bergan bo'ladi.

O'tgan oyda ushbu yosh futbolchiga «Liverpul», «Arsenal», «Manchester Siti», «Yuventus», «Sauthempton» va «Nyukasl» kabi jamoalardan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar berilgandi.

Silva joriy mavsumda jamoasi bilan 26 uchrashuv o'tkazdi va 18 gol urdi. U chempionlar ligasining guruh bosqichidagi yorqin o'yinlari tufayli ramziy terma jamoaga ham kirgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: