Maskerano: Men axir qo'limni kesib tashlamaymanku?

Ispaniya 09 Yanvar 2017 2323

«Barselona» himoyachisi Haver Maskerano Ispaniya chempionatining 17-turida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobidagi uchrashuv vaqtidagi o'zi bilan bog'liq yepizod haqida to'xtaldi.

Raqib futbolchilaridan biri zarba berganida to'p jarima maydoni ichidagi argentinalik himoyachining qo'liga tekkandi. Uchrashuv hakami kataloniyaliklar jamoasi darvozasiga penalti belgilamaslikka qaror qildi.

«Bizda shunday holat, biz nechta gol urgan bo'lsak, shuncha o'tkazib yubordik. Biz o'yinimizni takomillashtirishda davom yetishimiz kerak. O'sha vaziyat haqida gapirsam, jurnalistlar buni muhokama qilishga haqli. Lekin men qo'limga to'p tegmasin uchun qo'limni kesib tashlamayman-ku? Muhokama qilinglar, lekin men to'pni ataylab qo'lim bilan o'ynamagandim. Futbolchi to'pni ataylab qo'l bilan o'ynaganda boshqa gap, bunday vaziyat uchun penalti belgilanishi kerak», — deya Maskeranoning so'zlarini keltirgan Marca.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: