«PSJ» «Bastiya»ni qaqshatdi, Draksler debyut uchrashuvida gol urdi

Frantsiya 08 Yanvar 2017 2041

«PSJ» Frantsiya Kubogining 1/32 finali bosqichida «Bastiya»ni yirik hisobda mag'lub qildi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 7:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. 

Parijliklar safida Tyago Silva, Adrien Rabio, Kristofer Nkunku, Tyago Motta, Lukas Moura (s penalti), Anxel Di Mariya va Yulian Draksler  bittadan gol urdi. Biroz vaqt oldin Germaniya chempionatidan transfer qilingan Draksler parijliklar jamoasi safidagi ilk uchrashuvidayoq golini nishonladi. 

«PSJ» Frantsiya Kubogining keyingi bosqichiga chiqdi. Navbatdagi raqib qur'a orqali aniqlanadi. 

PSJ - Bastiya 7:0
Gollar: 1:0 - Tyago Silva (31), 2:0 - Rabio (42), 3:0 - Nkunku (48), 4:0 - Motta (57), 5:0 - Lukas Moura (63, penalti), 6:0 - Di Mariya (77), 7:0 - Draksler (89).

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: