Ispaniya La-ligasi. «Atletik» «Alaves»ni mag'lub yeta olmadi, «Betis» «Leganes»ning g'alabasiz seriyasini davom yettirdi

Ispaniya 08 Yanvar 2017 544

Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan yana ikki uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Bilbaoning «Atletik» jamoasi o'z uyida «Alaves»ni qabul qilib g'alaba qozona olmadi. Ikkala jamoa ham 90 daqiqa mobaynida raqiblar darvozasiga yo'l ola bilmadi.

«Betis» yesa o'z uyida «Leganes»ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu mehmonlarning ketma-ket beshinchi uchrashuvdagi g'alabasiz o'yini bo'ldi.

Ushbu g'alabadan keyin «Betis» hisobidagi ochkolar soni 21taga yetdi va jamoa 14-o'ringa ko'tarilib oldi. «Leganes» hisobida yesa 16 ochko bor bo'lib, jamoa 16-pog'onani yegallab turibdi.

Ispaniya la-ligasi, 17-tur

Atletik – Alaves 0:0
Atletik:
Arrisabalaga (Iraysos, 36), Yelustondo, Yecheyta, Laport, Balensiaga, Mikel Riko (San Xose, 57), Benyat, Susaeta (Inyaki Uilyams, 57), Raul Garsiya, Muniain, Aduris.
Alaves: Ortola, Femeniya, Laguardia, Feddal, Garsiya Karnero, Manu Garsiya, Markos Lorente, Tokero (Katai, 74), Kamarasa (Torres, 90), Ibai Gomes (Mendes, 75), Deyverson.

Betis – Leganes 2:0 (0:0)
Gollar:
Ruben Kastro (51, 85).
Betis: Adan, Rafa Navarro (Pichchini, 70), Durmisi, Petstselya, Bruno Gonsales, Sebalos, Marten, Petros (Brashanats, 66), Ramires, Sanabriya (Alegriya, 36), Ruben Kastro.
Leganes: Shampan, Insua, Marin, Bustinsa, Mantovani, Lopes (Peres, 77), Adames (Ramos, 52), Timor, Dias (Pires, 59), Gerrero, Machis.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: