Frantsiya Kubogi: Kelishdi, ko'rishdi, g'alaba qilishdi va murabbiyning sochini olishdi

Frantsiya 08 Yanvar 2017 2522

Frantsiya Kubogining 1/32 finalida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqqan «Avransh» jamoasi futbolchilari murabbiyning sochini irokezcha turmaklashdi.

«Avransh» – Frantsiyaning uchinchi ligasida ishtirok yetadi. Jamoa  «Laval» jamoasiga qarshi o'yinda birinchi bo'limda 0:1 hisobida ortda bora turib ikkinchi bo'limda 3 gol urgan va qatorasiga ikkinchi yil Frantsiya Kubogining 1/16 finaliga yo'l olgan. 

O'yindan keyin futbolchilar kiyim almashtirish xonasida avvaldan va'dalashuv bo'yicha bosh murabbiy  Damen Ottaning sochini olishgan va mahalliy telekanalga intervyu berishgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: