Shveytsariya sudi JCh-2022 uchun stadionlar qurilishi bo'yicha FIFAga qarshi da'voni rad yetdi

Jahon 06 Yanvar 2017 855

Shveytsariya sudi Niderlandiya va Bangladesh kasaba uyushmalari Qatardagi JCh-2022 inshootlarini qurish chog'ida ishchilar huquqining poymol yetilishi yuzasidan FIFA tashkiloti ustidan berilgan da'voni rad qildi. Bu haqda FIFA saytida xabar berilgan.

«FIFA Syurix shahrining arbitraj sudi qarorini ma'qullaydi. FIFA mehnat sharoitlari masalasiga jiddiy ye'tibor qaratadi va vaziyatni kuzatib boradi. Tashkilot Qatar hukumatini ishchilarning xavfsizligi va munosib mehnat sharoitlariga jiddiy ye'tibor qaratishga chaqiradi» - deyilgan bayonotda.

Eslatib o'tamiz, JCh-2022 turniri 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatarning 7ta shahrida, Doha, Lusayl, Al-Vaqra, Al-Xor, Al-Rayyan, Umm-Salal va Madinat-ash-Shamalda o'tkaziladi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: