«Shapekoense» ro'y bergan aviahalokatdan so'ng ilk uchrashuvini qachon o'tkazishi ma'lum bo'ldi

Jahon 06 Yanvar 2017 788

Braziliyaning «Shapekoense» futbol klubi sodir bo'lgan fojiadan so'ng ilk uchrashuvini ikki haftadan keyin o'tkazadi. Jamoa noyabr oyida ro'y bergan aviahalokat sabab aksariyat o'yinchilarini yo'qotgan.

«Shapekoense» mamlakat chempioni «Palmeyras» bilan o'rtoqlik uchrashuvini 21 yanvar kuni o'tkazadi. Bellashuv «Shapekoense»ning uy stadioni «Arena Konda»da o'tkaziladi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Avvalroq, «Shapekoense» aviahalokatdan so'ng jamoa tarkibini tiklash uchun 20 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi xabar qilingandi. Fojiada jamoaning 19 nafar futbolchi va murabbiylar shtabi a'zosi halok bo'ldi.

Ma'lumot uchun, bortida «Shapekoense» o'yinchilari bo'lgan samolyot Kolumbiyada 2016 yilning 28 noyabr kuni halokatga uchradi. O'yinchilar va murabbiylar shtabi Janubiy Amerika kubogi final uchrashuvining ilk bahsida qatnashish uchun uchib ketishayotgan yedi.

 

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: