Foto: Obameyang Afrikaning yeng yaxshi futbolchisi taqdirlangan marosimga qanday ko'rinishda keldi?

Jahon 06 Yanvar 2017 6424

Afrikaning 2016 yildagi yeng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi Nigeriya poytaxti Abuja shahrida bo'lib o'tdi. 

Sovrin uchun da'vogarlardan biri bo'lgan gabonlik futbolchi Per-Emerik Obameyang marosimga krossovka, sport ishtoni, mayka va beysbolkada keldi. Chunki uning kiyimlari solingan bagaji aeroportda yo'qolib qolgandi.

Dortmundning «Borussiya» klubi futbolchisi Frankfurtdan Afrikaga uchgandi, ammo uning yuklari Lufthansa aviakompaniyasi xodimlari aybi bilan yo'qolib qolgan.

Per-Emerik Afrikaning o'tgan yilgi yeng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnomada ikkinchi o'rinni olgan. U o'tgan mavsumda «Lester» bilan Angliya chempioni bo'lgan Riyoz Mahrezdan ortda qolgan. Uchinchi o'rinni yesa «Liverpul» futbolchisi Sado Mane yegallagan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: