Afrikaning 2016 yildagi yeng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Jahon 06 Yanvar 2017 1557

«Lester Siti» futbol klubi va Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi Riyod Marez Afrikaning 2016 yildagi yeng yaxshi o'yinchisi deb tan olindi. Bu haqda Afrika futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Marez yakuniy ovoz berish jarayonida 361 ovozni qo'lga kiritib, Dortmundning «Borussiya» klubi va Gabon termasi forvardi Per-Emerik Obameyyang (313) hamda «Liverpul» va Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Maneni (186) ortda qoldirdi.

Pitso Mosimane yeng yaxshi murabbiy deb topildi. U Janubiy afrikaning «Mamelodi Sandaunz» jamoasi bilan afrika Chempionlar ligasida zafar quchdi.

«Arsenal» futbol klubi va Nigeriya terma jamoasi forvardi Aleks Ivobi yeng yaxshi yosh o'yinchi deb topilgan bo'lsa, «Manchester Siti»ning boshqa bir nigeriyalik hujumchisi Kelechi Ixeanacho qit'aning kelajagi yeng porloq futbolchisi deb tan olindi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: