«Shapekoense» tarkibga 20 nafar futbolchi taklif qilmoqchi

Jahon 05 Yanvar 2017 1192

«Shapekoense» klubi rahbariyati tarkibni 20 nafar futbolchi bilan to'ldirishni rejalashtirmoqda.

Ijrochi direktor Ruy Koshtaning ma'lum qilishicha, rahbariyat Kolumbiyadagi aviahalokatda nobud bo'lgan jamoani qayta tiklamoqchi.

«Biz ko'pgina futbolchilarni ijaraga olamiz. Byudjetimiz bunga imkon beradi. Biz 90 nafar futbolchini ko'rikdan o'tkazdik. Ayni paytda yana 38 nafar futbolchi ko'rikda. Ularning orasidan 20 nafarini saralab olamiz. Omon qolgan 3 nafar futbolchimizdan Rushel va Netoni safga qaytishini kutmoqdamiz. Folmann yesa oyog'idan ayrildi, ammo unga ham ish topib beramiz», degan Ruy  Koshta Inside the Games nashriga bergan intervyusida.

Bundan avvalgi xabarlarda jamoa 3 nafar futbolchi, himoyachi Duglas Grolli va yarim himoyachilar Nadson va Rossi bilan shartnoma imzolagani ma'lum qilingandi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: