Yevropa grandlari Verratti uchun kurash boshladi

Frantsiya 05 Yanvar 2017 1663

«Yuventus» mavsum yakunida «PSJ»dan italiyalik yarim himoyachi Marko Verrattini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan. Bu futbolchiga «Chelsi», «Bavariya» va «Inter» kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bilan qaramoqda.

Corriere dello Sport ma'lumotiga ko'ra, Italiya terma jamoasiga nomzod bo'lmish 24 yoshli bu futbolchi transferi uchun turinliklar jamoasi 80 million yevro berishga tayyor.

Ammo bu transferga 2014 yilda Kingsli Koman bilan ro'y bergan mojaroli voqea xalaqit berishi mumkin. Futbolchi janjal bilan frantsuz klubini tark tib, italyan klubiga o'tgan yedi. O'tgan yili shu tufayli «PSJ» Blez Matyuidini «Yuventus»ga sotmagandi.

Verrattining parijliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2021 yilga qadar tuzilgan.

Frantsiya chempionatining 19 turidan keyin Verratti 14 uchrashuvda maydonga chiqqan (12tasida boshlang'ich tarkibda) va 2 gol urib, yana bir golga hammualliflik qilgan.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: