Ispaniya termasining sobiq ustozi: “Ronaldu dunyodagi ikkinchi raqamli yeng zo'r o'yinchi yekanidan faxrlanishi lozim” 

Jahon 04 Yanvar 2017 3741

Futbol bo'yicha Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Xaver Klemente Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» forvardi Lionel Messini o'zaro solishtirdi. Bunda argentinalik futbolchi g'olib chiqqan.

«Messi hammadan zo'r. U boshqalar qila olmaydigan ishlarni qiladi. Bu boshqalar kuchsiz o'yinchi degani yemas. Sen sendan ham kuchliroq futbolchi bo'lsa dunyodagi yeng yaxshi o'yinchi bo'la olmaysan. Ronaldu, senda qorin muskullari Messidan yaxshiroq, bo'ying ham uzunroq va “ikkinchi qavatda” foydaliroq harakat qilasan. Krishtianuni Messidan kuchliroq qiladigan narsalar bor, biroq Messi undan texnika, o'yinni ko'ra bilish va tushunish bo'yicha oldinda. Ronaldu o'zini baxtli his qilishi va dunyodagi ikkinchi raqamli yeng zo'r o'yinchi yekanidan faxrlanishi lozim. Sportchi uchun boshqalarning iste'dodini tan olishdan kattaroq oliyjanob ish yo'qdir», - deya Klementening so'zlarini keltiradi Cadena Ser.

Xaver Klemente

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: