Foto: «Lokomotiv» safida 2 nafar afrikalik futbolchi mashg'ulotlarda qatnashmoqda

O'zbekiston 04 Yanvar 2017 2274

O'zbekistonning amaldagi chempioni va kubogi sohibi – Toshkentning «Lokomotiv» futbol klubi yangi mavsum taraddudini 21 dekabrdan boshlagan va ilk mavsumoldi yig'ini bir hafta davom yetgandi.

Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, jamoa futbolchilari 3 yanvar kuni qisqa muddatli ta'tildan yana mashg'ulotlarga qaytdi.

Yig'inning ilk kunida murabbiylar shtabi futbolchilarga ortiqcha yuklama berishni lozim topmadi va shu boisdan yengil chigalyozdi mashqlari yopiq inshootda o'tkazilgan.

Saytga joylashtirilgan fotosuratlarda ko'rish mumkinki, yig'inda jamoa ko'rigida bo'lib turgan ikki nafar ivuarlik futbolchilar ham qatnashmoqda.

Mashg'ulotlar 7 yanvarga qadar Toshkentda davom yettiriladi. So'ng «Lokomotiv» ilk xorij yig'inini o'tkazish uchun BAAning Dubay shahriga yo'l oladi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: