Draksler «PSJ» bilan shartnoma tuzdi

Frantsiya 03 Yanvar 2017 1283

«PSJ» rasmiy saytida «Volfsburg» futbolchisi Yulian Drakslerning transferi haqida ye'lon qilindi. Germaniyalik futbolchi bilan 2021 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladigan shartnoma tuzilgan. Parijliklar klubida Draksler 23-raqam ostidagi futbolkada harakatlanadi.

«O'z faoliyatimda yangi bosqich boshlayotganimdan juda xursandman. „PSJ“ sovrinlar yutishida qo'limdan kelgancha yordam beraman. O'zim ham o'yinimni o'stirish uchun harakat qilaman», — degan Draksler shartnoma imzolaganidan keyin jamoa sayti uchun bergan ilk intervyusida.

Parijliklar jamoasi ushbu futbolchini «Volfsburg»dan 42 million yevro yevaziga transfer qildi, yana 6 million yevro bonuslar sifatida to'lanishi mumkin.

Uning oylik maoshi miqdori 850 ming yevroni tashkil qiladi.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: