Balotelli APL jamoalari bilan muzokara o'tkazmoqda

Frantsiya 22 Dekabr 2016 2395

Agent Mino Rayola o'z mijozlaridan biri, ayni vaqtda Frantsiya chempionatida muvaffaqiyatli ravishda o'ynayotgan Mario Balotelli keyingi mavsumda Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Biz Angliyadagi klublar bilan muzokaralar o'tkazmoqdamiz. Lekin aniq bir jamoa haqida gapirishga hali yerta. Men hamisha Mario o'z formasini tiklab olishiga ishonch bilan qarardim. U «Liverpul»dagi oxirgi mavsumda ham yaxshi o'ynayotgandi.

Ammo afsuski, Klopp unga imkoniyat bermadi. Mario o'zining qandayligini boshqalarga yemas, o'ziga isbotlaydi», – deya Rayolaning so'zlarini keltirgan Goal.com.

Balotelli «Liverul» safida 2014/15 yilgi mavsumda o'ynagandi. U mersisaydliklar jamoasida o'tkazgan 28 o'yinida 4 gol urgan.

2016/17 yilgi mavsumda italiyalik ushbu hujumchi «Nitstsa» safida 12 o'yin o'tkazdi va 9ta gol urdi. Ayni vaqtda bu jamoa Frantsiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: