Foto: Mourino o'yindan keyin futbolchilardan muxlislarga Rojdestvo sovg'asi berishni so'radi

Angliya 18 Dekabr 2016 1740

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino APLning 17-turida «Vest Bromvich Albion»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobida yakunlangan o'yindan keyin futbolchilardan o'z futbolkalarini safar o'yiniga tashrif buyurgan jamoa muxlislariga sovg'a qilib berishni so'ragan.

«Men ularga shunday dedim, axir tez orada Rojdestvo. Muxlislar uchun futbolchilarning o'yinda kiyilgan futbolkasi juda qadrli bo'ladi. Afsuski, barcha muxlislarga ham futbolkalar yetmaydi, ammo kim bu sovg'alarga yerishgan bo'lsa, ular juda baxtiyor bo'lishadi.

Futbolchilar uchun bu oddiy futbolka. Ular o'yindan keyin futbolkalarni ma'muriyatga topshirishadi yoki raqib futbolchilar bilan almashishadi. Muxlislar yesa bu futbolkalarni avaylab asrashadi», — deya Mourinoning so'zlarini keltirgan BBC. 

Manchesterliklardan Ibrahimovich, Reshford, Runi va Pogba o'z futbolkalarini muxlislarga ulashgan.

 

Kommentariyalar yo'q

Ushbu xabarga o'z fikringizni bildiring. Fikr Bildirish uchun sayt orqali ro'yxatdan o'tishingiz kerak!

Ko'proq yangiliklar: